«Atalanta» Musani Milandan ijaraga oldi
Фото: Getty Images
"Milan" yarim himoyachisi Yunus Musa "Atalanta" safiga o'tdi. Bu haqda bergamoliklarning rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Atalanta” futbolchini sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi.
Musa 2023 yilda "Valensiya"dan "Milan"ga taxminan 20 million yevro evaziga ko'chib o'tgan va 2028 yilgacha shartnoma imzolagandi.
Ma'lumot uchun, yarim himoyachi shu paytgacha A Seriyada 60 o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli pas uzatgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist