locale OZ

«Atalanta» Munis bo‘yicha «Fulhem» bilan kelisha olmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atalanta» Munis bo‘yicha «Fulhem» bilan kelisha olmadi
Фото: Getty Images

“Atalanta” va “Fulhem” hujumchi Rodrigo Munis bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 24 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 40 million yevro so‘ragan. Bergamoliklar esa 1 yildan so‘ng erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchi uchun bunday summani to‘lay olmasligini ma’lum qilgan.

Endilikda klub boshqa nomzodlarga e’tibor qaratadi. Munisning narxi hozirda Transfermarkt portalida 20 million yevroga baholangan.

Klub Saudiyaga yo‘l olgan Mateo Retegi o‘rniga hujumchi olib kelish bo‘yicha bir nechta futbolchilar bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting