«Aston Villa» yarim himoyachi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
Hozirda Bogardning amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
«Aston Villa» klubi yarim himoyachi Lamare Bogard bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ma’lum qildi.
Birmingem klubi yozgi transferlar oynasida 22 yoshli Bogard bo‘yicha bir nechta takliflarni rad etgan. «Ipsvich» va «Brayton» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan, ammo «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri uni jamoada saqlab qolishni istagan.
Bogard «Aston Villa» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida turli musobaqalarda 63 ta uchrashuv o‘tkazgan. Futbolchi markaziy yarim himoyada, shuningdek, o‘ng qanot himoyasida ham harakat qila oladi.
Hozirda Bogardning amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.