locale OZ

«Aston Villa» va «Sanderlend» Elmasga qiziqish bildirmoqda

Futbolchining bozor qiymati 14 million yevro atrofida baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aston Villa va Sunderland Elmasga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

“Napoli” yarim himoyachisi Elif Elmas jamoadan ketishi kutilmoqda.

Neapolliklar uni “Leyptsig”dan 17 million yevroga sotib olish imkoniyatidan foydalanmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte tomonidan yuqori baholandi. Murabbiy futbolchining universalligi va maydondagi aql-idrokini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Hozirda Elmasga asosiy da’vogar sifatida “Aston Villa” ko‘rilmoqda. Birmingem klubi kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etishni ta’minlagan. Shuningdek, “Sanderlend” ham futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo Elmas bu klub taklifini ko‘rib chiqqanicha yo‘q.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 14 million yevro atrofida baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting