«Aston Villa» va «Kristal Pelas» Jonatan Devidga qiziqmoqda
Transfermarkt futbolchining qiymatini 35 mln yevro deb baholaydi.
ФОТО: Getty images
APLning "Aston Villa" va "Kristal Pelas" klublari "Yuventus" hujumchisi Jonatan Devidning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Biroq futbolchi Turin klubi bilan foydali shartnomasini bekor qilishga shoshilmayapti. APL klublari Devidni ijaraga olishni istashmoqda, ammo "Yuventus"ga ma'lum qilib qo'yishdiki, ular futbolchining maoshini qisman qoplashga majbur bo'ladi.
Joriy mavsumda Jonatan Devid "Yuventus" safida 44 ta uchrashuvda qatnashdi, ularda 8 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 35 mln yevro deb baholaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist