\"Aston Villa\" uy stadionining sig'imini oshiradi
Photo: BBC
"Aston Villa" rahbariyati "Villa Park" stadionining sig'imini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida BBC xabar berdi.
Manbaga ko'ra, shimoliy tribuna to'liq qayta qurilib, 5 ming o'rindan 12 ming o'ringa qadar kengaytirilishi kutilmoqda. Hozirda u 42 918 kishini sig'dira oladi. 2027 yilning ikkinchi yarmida yakunlanishi kerak bo'lgan ushbu ishlar natijasida stadion 50 ming tomoshabinga mo'ljallangan.
Shuningdek, qolgan uchta tribunada ham kichik o'zgarishlar bo'lishi aytilmoqda.