locale OZ

«Aston Villa» Trubinni sotib olishi mumkin

Darvozabonning “Benfika” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Trubinni sotib olishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” yozgi transfer oynasida jamoaning asosiy darvozaboni Emiliano Martines bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqida A Bola nashri xabar berdi.

Birmingem klubi “Benfika” darvozaboni Anatoliy Trubinga qiziqish bildirmoqda. 24 yoshli ukrainalik futbolchining o‘zi ham faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni istamoqda.

Portugaliya klubi esa darvozabonni 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

O‘tgan mavsumda Trubin barcha musobaqalarda 50 ta bahsda maydonga tushib, 43 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u 21 uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Darvozabonning “Benfika” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting