«Aston Villa» Trossardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Arsenal" klubi vingeri Leandro Trossard "Aston Villa" qiziqishlari doirasida. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Birmingem klubi "kanonirlar"dan belgiyalik futbolchining ehtimoliy transferi shartlari haqida muzokara o‘tkazdi.
30 yoshli futbolchi kelasi yili tugaydigan shartnomasi fonida "Arsenal"ni tark etishi bilan bog‘lanmoqda.
Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, Leandro Trossardning transfer narxi 22 mln yevroni tashkil qilmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda Mikel Arteta jamoasi safida 56 ta o‘yinda o‘nta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor