«Aston Villa» Torresning transferi uchun 60 mln yevro sarflashga tayyor
Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
ФОТО: Getty images
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, forvardni "Aston Villa" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ingliz klubi ispaniyalik futbolchining transferi uchun 60 million yevro berishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Ferran Torres 2022 yilda "Manchester City"dan 55 million yevro evaziga "Barselona"ga o‘tgandi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda hujumchi “Barselona” safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Ferran Torresning narxini 50 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist