locale OZ

\"Aston Villa\" Torres uchun 50 mln sarflashga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Aston Villa" Torres uchun 50 mln sarflashga tayyor
Photo: Getty Images

“Barselona” hujumchisi Ferran Torres faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Birmingham Mail xabar berdi.

Manbada aytilishicha, “Aston Villa” hujum chizig‘ini Torres bilan kuchaytirmoqchi. Buning uchun klub 50 mln yevro sarflashga tayyor.

Joriy mavsumda Ferran Torres “Barselona” safida barcha turnirlarda 45 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting