locale OZ

«Aston Villa» Thiagoni sotib olishga tayyor

Bitim qiymati 57 million yevroga yetishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Thiagoni sotib olishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Brentford" hujumchisi Igor Thiago faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mirror Football nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli hujumchini "Aston Villa" o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda.

Birmingem klubi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 14 ta uchrashuvda 12 ta gol urgan braziliyalik futbolchini sotib olishga tayyor.

Bitim qiymati 57 million yevroga yetishi mumkin.

Thiagoning "Brentford" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt internet portali mutaxassislari hujumchining narxini 22 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting