«Aston Villa» tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer
“Aston Villa” yaqinda o‘z tarixidagi eng qimmat bitimni amalga oshirdi. Klub Yoxan Manzambini sotib oldi. Ortidan Joao Gomesning transferlari ham qo‘shib qo‘yildi. So‘nggi bir necha yil ichida Unai Emeri boshchiligida “Aston Villa” Premyer-liganing eng katta mablag‘ sarflayotgan klublaridan biriga aylandi. Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etishni maqsad qilgan klub tarkibni yuqori saviyali futbolchilar bilan kuchaytirishga katta e’tibor qaratmoqda.
1. Yoxan Manzambi
Summa: 60 million yevro
Mavsum: 2026/27
Kelgan klubi: “Frayburg”
Shveytsariyalik iqtidorli yarim himoyachi klub tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Manzambi uchun “Nyukasl” ham kurashgan bo‘lsa-da, futbolchi yakunda “Aston Villa” loyihasini tanladi. U markaziy yarim himoyada universalligi, texnik mahorati va hujumga qo‘shilish qobiliyati bilan ajralib turadi.
2. Amadu Onana
Summa: 59,4 million yevro
Mavsum: 2024/25
Kelgan klubi: “Everton”
Belgiya terma jamoasi futbolchisi uzoq vaqt davomida klubning eng qimmat transferi bo‘lib turgan edi. U kuchli jismoniy tayyorgarligi, to‘pni olib qo‘yish mahorati va markazdagi barqaror o‘yini bilan jamoaning muhim futbolchisiga aylandi.
3. Mussa Diabi
Summa: 55 million yevro
Mavsum: 2023/24
Kelgan klubi: “Bayer”
Fransiyalik qanot hujumchisi tezligi va driblingi bilan mashhur. U jamoaning qarshi hujumlarida asosiy qurollardan biri bo‘lib xizmat qildi.
4. Ian Maatsen
Summa: 44,5 million yevro
Mavsum: 2024/25
Kelgan klubi: “Chelsea”
Hujumkor chap qanot himoyachisi Germaniyadagi muvaffaqiyatli ijara davridan so‘ng to‘liq transfer asosida “Aston Villa” safiga qo‘shildi. U hujum va himoya o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan futbolchilardan biri hisoblanadi.
5. Joao Gomes
Summa: 40 million yevro
Mavsum: 2026/27
Kelgan klubi: “Wolverhampton”
Braziliyalik tayanch yarim himoyachi 34 million funt sterling va bonuslar evaziga xarid qilindi. U yuqori ishchanligi, pressingdagi samaradorligi va to‘pni qaytarib olish ko‘rsatkichlari bilan Premyer-ligada eng yaxshi yarim himoyachilardan biri sifatida baholanadi.
6. Emiliano Buendia
Summa: 38,4 million yevro
Mavsum: 2021/22
Kelgan klubi: “Norwich City”
Argentinalik pleymeyker Championship’dagi yorqin o‘yinidan so‘ng katta mablag‘ evaziga xarid qilindi. U ijodkorligi va golli uzatmalari bilan jamoaga katta foyda keltirdi.
7. Ollie Watkins
Summa: 34 million yevro
Mavsum: 2020/21
Kelgan klubi: “Brentford”
Bu transfer klub tarixidagi eng omadli xaridlardan biri hisoblanadi. Angliyalik hujumchi keyinchalik Premyer-liganing eng samarali forvardlaridan biriga aylanishi va “Aston Villa”ning Yevropa musobaqalariga chiqishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.
8. Pau Torres
Summa: 33 million yevro
Mavsum: 2023/24
Kelgan klubi: “Villarreal”
Ispaniyalik markaziy himoyachi Unai Emeriga yaxshi tanish futbolchi edi. U to‘p bilan o‘ynash va hujumni orqadan boshlashda jamoaning muhim figuralaridan biri bo‘ldi.
9. Leon Bailey
Summa: 32 million yevro
Mavsum: 2021/22
Kelgan klubi: “Bayer”
Yamaykalik qanot hujumchisi tezligi va individual mahorati bilan raqib himoyachilarini doimiy bosim ostida ushlab turadi. Keyingi mavsumlarda u jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi.
10. Diego Carlos
Summa: 31 million yevro
Mavsum: 2022/23
Kelgan klubi: “Sevilla”
Tajribali markaziy himoyachi Ispaniyadagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng Angliyaga ko‘chib o‘tdi. Ilk mavsumdagi jarohatlarga qaramay, keyinchalik himoyaning muhim bo‘g‘iniga aylandi.