«Aston Villa» Sancho bilan xayrlashmoqchi
"Villa" 25 yoshli futbolchining harakatlaridan qoniqish hosil qilmagan.
Фото: Getty Images
"Manchester United"dan ijaraga olingan "Aston Villa" vingeri Jadon Sancho kelasi oydayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Graham Baileyning so‘zlariga ko‘ra, "Villa" 25 yoshli futbolchining harakatlaridan qoniqmagan. Shu sababli uni sotib olish fikridan voz kechgan.
Shu bois "Aston Villa" yanvar oyida futbolchi bilan xayrlashishga umuman qarshi emas. "MYU" ham Sanchodan umid qilmayapti va undan qutulish yo‘llarini izlamoqda.
Mavsum davomida Sanchoga Turkiya va Italiya chempionatlari vakillari qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist