locale OZ

«Aston Villa» Sancho bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Sancho bilan kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images

"Manchester United"ning qanot hujumchisi Jadon Sancho yaqin soatlar ichida Premer-liganing boshqa klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist David Ornstein xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Aston Villa" 25 yoshli vingerning bir yillik ijarasini "Manchester United" bilan deyarli kelishib bo'lgan.

Futbolchining maoshini ham birmingemliklar to'lashga rozi. Faqat tibbiy ko'rikdan o'tish jarayoni qoldi.

Sanchoning “Manchester United” bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Jadon o'tgan mavsumni “Chelsea”da ijara asosida yakunlagandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting