\"Aston Villa\" Rogers uchun narx belgiladi
Photo: Getty Images
"Aston Villa" hujumchisi Morgan Rogers yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, birmingemliklar klubi rahbariyati 22 yoshli futbolchining jamoani tark etishini istamayapti. Biroq xaridor tomon 100 mln funt taklif qilsa, bu variant ko‘rib chiqilishi mumkin.
"Aston Villa" murabbiylar shtabi ham Rogersni jamoaning asosiy figuralaridan biri deb hisoblamoqda. Shu sababli uning ketishini istashmayapti. Futbolchiga esa anchadan beri "Arsenal" va "Chelsea" qiziqish bildirmoqda.
Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarda 54 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 15 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan yana 4 yillik shartnomasi mavjud.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist