locale OZ

«Aston Villa» Rogers bilan shartnomani uzaytirdi

Morgan 2024 yil boshida "Aston Villa"ga ko'chib o'tgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Rogers bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

"Aston Villa" klubi yarim himoyachi Morgan Rogers bilan shartnomani yangiladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi bilan tuzilgan bitim 2031 yilgacha amal qiladi. Shu bilan birga, uning maoshi ham oshiriladi. Morgan 2024 yil boshida "Aston Villa"ga ko'chib o'tgandi.

Shu tariqa, birmingemliklar yaqin haftada uchinchi o'yinchisi bilan kelishuvni uzaytirishga muvaffaq bo'ldi. Bunga qadar Cash va McGinn bilan ham shartnoma muddati uzaytirilgandi.

Ma'lumot uchun, Rogers o'tgan mavsum APLning eng yosh futbolchisi, deb topilgandi. U chempionatda 8 ta gol urib, 11 ta assist amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting