«Aston Villa» Rogers bilan shartnomani uzaytiradi
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga tez orada erishiladi.
ФОТО: Getty images
"Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rogers klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga tez orada erishiladi. Yangi kelishuvga ko‘ra, Morgan jamoada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.
Joriy mavsumda 23 yoshli Rogers barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Avvalroq, jamoa himoyachi Metti Cash bilan ham yangi bitim imzolagandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist