«Aston Villa» Ramushni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
"PSJ" hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Dunkan Kastels xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini "Aston Villa" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ingliz klubi yanvar oyidayoq forvard transferi bo‘yicha taklif bilan chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Ramush "PSJ"ga 2024 yilda "Benfika"dan 65 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Ramushni 35 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist