«Aston Villa» Ramos bilan shartnoma imzolashi mumkin
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yakunlanish arafasida.
ФОТО: Getty images
“Real” jamoasining sobiq himoyachisi Serxio Ramos Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda “Suporter Media” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Aston Villa” 40 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yakunlanish arafasida.
Ramosning so‘nggi klubi Meksikaning “Monterrey” jamoasi bo‘lgan. Himoyachi 2025-yil oxirida klubni tark etgan va shundan buyon rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan. Faoliyati davomida Ramos “Sevilya”, “Real” va PSJ klublarida ham to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, “Aston Villa” ayni paytda turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.