«Aston Villa» Portugaliya terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzolashga yaqin
Фото: Getty Images
Portugaliya terma jamoasi va "Portu"ning asosiy darvozaboni Diogu Koshta faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli darvozabon bo'yicha "Aston Villa" muzokaralarni boshlagan. Tomonlar hozircha shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda.
Birmingemliklar safida Koshta Emiliano Martines o'rnini egallashi mumkin. Argentinalik kiper “MYU” bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Hozirda Transfermarkt Koshtani 40 million yevroga baholamoqda. Uning "ajdarlar" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist