locale OZ

“Aston Villa” Olli Uotkinsga yangi shartnoma taklif qildi

Bosh murabbiy Unai Emeri ham Uotkinsning yozgi transfer oynasida klubni tark etishini istamayapti.
“Aston Villa” Olli Uotkinsga yangi shartnoma taklif qildi
Foto: Getty Images

“Aston Villa” hujumchi Olli Uotkinsni jamoada saqlab qolmoqchi. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, Birmingem klubi 30 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan. Bosh murabbiy Unai Emeri ham Uotkinsning yozgi transfer oynasida klubni tark etishini istamayapti.

Avvalroq Uotkins “Aston Villa” bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha taklifni rad etgan edi. Shunga qaramay, klub hujumchini qo‘yib yuborish niyatida emas va unga yaxshilangan shartlar bilan yangi taklif yuborgan.

Futbolchiga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq “Aston Villa”ni Uotkinsni sotishga ko‘ndirish oson bo‘lmasligi aytilmoqda. Hujumchining o‘zi esa kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan va turli variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Uotkinsning “Aston Villa” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting