locale OZ

«Aston Villa» Nkunku borasida «Chelsea»bilan muzokara boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Nkunku borasida «Chelsea»bilan muzokara boshladi
Фото: Getty Images

"Aston Villa" transfer oynasining so'nggi haftasida "Chelsea" yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuni sotib olishni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Birmingem klubiga "Bavariya" va "Leyptsig" ham qiziqish bildirayotgani va transfer shartlari haqida ma'lumot berilgan.

Shu bilan birga, "Aston Villa" "aristokratlar" hujumchisi Nikolas Jekson va "PSJ" yarim himoyachisi Marko Asensioga ham qiziqish bildirmoqda.

Nkunku 2023 yilning yozidan buyon "Chelsea"da o'ynamoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 62ta o'yin o'tkazib, 18ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting