locale OZ

«Aston Villa» Morgan Rogers uchun transfer narxi belgiladi.

Birmingem klubi futbolchini taxminan 151,8 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Morgan Rogers uchun transfer narxi belgiladi.
ФОТО: Getty images

Londonning «Arsenal» klubi «Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rogersni transfer qilishda jiddiy moliyaviy to‘siqqa duch kelishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Birmingem klubi 23 yoshli angliyalik futbolchini taxminan 151,8 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Qayd etilishicha, Rogersning «Aston Villa» bilan shartnomasi yana besh yil amal qiladi. Shu sababli klub rahbariyati transfer narxini pasaytirishga ehtiyoj sezmayapti.

Xabarda ta’kidlanishicha, Morgan Rogers «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Angliya Premer-ligasining o‘tgan mavsumida Rogers 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting