\"Aston Villa\" Martinеz uchun 40 mln funt so'ramoqda
Photo: Getty Images
Emiliano Martinez "Aston Villa"ni tark etishga yaqin turibdi.
Jurnalist Ben Jeykobsning fikricha, Birmingem klubi moliyaviy feyr-pleyga rioya qilish maqsadida bir qator futbolchilarini sotishga tayyor ekani haqida xabar berilgandi.
Argentina terma jamoasi darvozaboniga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "MYu" va "Atletiko" ham 32 yoshli argentinalik kiperga da'vogarlik qilmoqda.
Futbolchining o'zi Yevropada qolishni istamoqda. Uning "Aston Villa" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Klub uning transferi uchun 40 mln funt talab qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist