locale OZ

«Aston Villa» Koneni sotib olmoqchi

Uning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Koneni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Aston Villa" "Roma" yarim himoyachisi Manu Konega qiziqish bildirmoqda.

Ayni paytda u Italiya A Seriyasining eng qimmat 10 futbolchisidan biri hisoblanadi. Uning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

DajeRoma TV xabariga ko‘ra, Angliya klubi bosh murabbiyi Unai Emeri fransiyalik yarim himoyachining mahoratini yuqori baholaydi. U "Roma"ning eng qimmatbaho o‘yinchilaridan biri sanaladi, biroq Italiya klubi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini u bilan xayrlashishga tayyor.

Kone 2025/2026 yilgi mavsumda A Seriyada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni damda u 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Fransiya terma jamoasi ixtiyorida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting