«Aston Villa» Kesh bilan shartnomani uzaytirdi
Futbolchining villalar bilan yangi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Фото: Астон Вилла
"Aston Villa" himoyachisi Metti Kesh klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Birmingem klubi rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Futbolchining villalar bilan yangi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Polshalik 28 yoshli futbolchi ilgari "Uikomb" va "Nottingem Forest" jamoalarida o'ynagan. 2020 yilda esa "Aston Villa" safiga qo'shilgan. Shu vaqtgacha u "sherlar" safida 193 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist