«Aston Villa» Kasado uchun taklif yubormoqchi
Фото: Getty Images
“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini “Aston Villa”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko'ra, birmingemliklar 21 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub futbolchining transferiga 30 million yevro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.
Futbolchi esa “Barselona”da qolishni xohlamoqda va La Ligadan tushgan bir nechta takliflarini rad etgan.
Mark Kasadoning Kataloniya grandi bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Shu kungacha asosiy jamoa safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va oltita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist