locale OZ

«Aston Villa» joriy mavsum oxirida Nikolas Jekson bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Angliyalik hujumchi hozirda ijara asosida «Bavariya»da toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» joriy mavsum oxirida Nikolas Jekson bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

Birmingemning «Aston Villa» klubi ayni damda ijara asosida «Bavariya»da to‘p surayotgan «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, Myunxen klubi ijara muddatini uzaytirmaslikka va futbolchini jamoada qoldirmaslikka qaror qilgan.

Mavsum yakunlangach, Jekson «Chelsi»ga qaytadi, biroq London klubi murabbiylar shtabi uni o‘z rejalariga kiritmagan. Bunday vaziyatda «Aston Villa» hujumchi bilan shartnoma imzolashga tayyor va yozgi transfer oynasida «Chelsi» bilan muzokaralar stoliga o‘tirmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Nikolas Jekson 2023 yilda «Vilyarreal»dan 37 mln yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. U londonliklar safida 81 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni damda Transfermarkt portali futbolchini 45 mln yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting