«Aston Villa» Jonsga qiziqish bildirmoqda
Jonzning "Liverpul" bilan amaldagi bitimi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" futbolchisi Kertis Jons yaqin transfer oynasida klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli yarimhimoyachiga "Aston Villa" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi ham yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagani sababli jamoani tark etishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Jonzning "Liverpul" bilan amaldagi bitimi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Ma'lumot uchun, futbolchi ushbu mavsumda 43 ta bahsda maydonga tushib, 2 gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist