locale OZ

«Aston Villa» Joau Gomes transferini rasman e'lon qildi

Gomesning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Aston Villa Joau Gomes transferini rasman e'lon qildi
Фото: Астон Вилла

"Aston Villa" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Joau Gomesni o'z safiga qo'shib olganini rasman ma'lum qildi.

Britaniya OAV ma'lumotlariga ko'ra, transferning umumiy qiymati taxminan 44,8 million yevroni tashkil etgan. Birmingem klubi dastlab 40 million yevro to'laydi, yana 4,7 million yevro esa turli bonuslar ko'rinishida "Vulverxempton"ga o'tkazilishi mumkin.

2025/2026 yilgi mavsumda 24 yoshli braziliyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Joau Gomesning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting