«Aston Villa» Goretskani o'z safiga qo'shib olmoqchi
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
"Aston Villa" klubi yarim himoyachi Leon Goretskani o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
31 yoshli germaniyalik futbolchi "Bavariya"ni tark etgach, erkin agent maqomida turibdi. Ayni paytda tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Goretska barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist