locale OZ

\"Aston Villa\" Garnachoni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

22 yoshli argentinalik futbolchi o'tgan yozda "Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Aston Villa" Garnachoni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

"Aston Villa" "Chelsi" vingeri Alexandro Garnachoni ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda transferlar bo‘yicha ishonchli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bitim ijara asosida amalga oshiriladi va unda ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda futbolchini majburiy sotib olish bandi ham mavjud. "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Garnachoning transferini shaxsan ma'qullagan.

22 yoshli argentinalik futbolchi o'tgan yozda "Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgandi. Biroq London klubida u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmadi va shu sabab transferga qo‘yildi.

Endi Garnacho faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishga yaqin turibdi. Agar bitimdagi shartlar bajarilsa, u mavsum yakunida Birmingem klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting