«Aston Villa» «Frayburg» yarimhimoyachisi Yoan Manzambini o‘z safiga qo‘shib olganini e'lon qildi
Ushbu transfer bonuslar bilan birga taxminan 70 million yevroga baholangan.
photo: gettyimages
«Aston Villa» klubi o‘z tarixidagi eng qimmat xaridni rasman amalga oshirdi.
Birminghemliklar «Frayburg» yarimhimoyachisi Yoan Manzambini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Qayd etilishicha, ushbu transfer bonuslar bilan birga taxminan 70 million yevroga baholangan. Futbolchi klub bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Shu tariqa, Manzambi «Aston Villa» tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Bu boradagi avvalgi rekord 2024 yilda «Everton»dan Amadu Onana uchun to‘langan 50 million funt sterlingga tegishli edi.
Shveysariya milliy jamoasi a’zosi yangi klubida 44-raqam ostida to‘p tepadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor