«Aston Villa» Endrikni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda
"Aston Villa" "Real" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida "Real"ni tark etmoqchi. Shu sababli Endrikning boshqa klubga ijaraga o‘tishi ehtimoli yuqori.
Braziliyalik hujumchi yangi jamoasida xalqaro musobaqalarda, imkon qadar Chempionlar ligasida ishtirok etishni va asosiy tarkibning muhim futbolchilaridan biri bo‘lishni istamoqda. "Roma" ham Endrik atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Endrik 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Fransiyaning "Lion" klubida ijarada o‘tkazdi. U barcha turnirlarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Endrikning bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.