«Aston Villa» Duglas Luisni «Yuventus»dan to‘liq sotib olmaydi — Romano
"Aston Villa" jamoasi yanvar oyida "Yuventus"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Duglas Luisning transfer huquqlarini sotib olmaslikka qaror qildi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Angliya klubi braziliyalik futbolchini 25 million yevroga sotib olish imkoniga ega edi, biroq bu variantdan foydalanmadi. Shu tariqa, xavbek yana Turniga qaytib, Juventus safida harakat qiladi.
O‘tgan klub mavsumida Duglas Luis 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2025/2026 mavsumida “Yuventus” A Seriya jadvalida 6-o‘rinni egalladi. Aston Villa esa Angliya Premer-ligasida 4-pog‘onadan joy oldi va shuningdek, UEFA Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.
Avvalroq Duglas Luis Nottingham Forest, Girona va boshqa jamoalarda ham to‘p surgan.