locale OZ

«Aston Villa» Duglas Luisni tarkibda olib qolmaslikka qaror qildi

Braziliyalik xavbek «Yuventus»ga qaytadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Aston Villa» Duglas Luisni tarkibda olib qolmaslikka qaror qildi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Aston Villa» klubi shu yilning yanvar oyida Turinning «Yuventus» jamoasidan ijaraga olgan yarim himoyachisi Duglas Luisning transfer huquqini sotib olmaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano maʼlum qildi.

Birmingemliklar braziliyalik futbolchini 25 million yevro evaziga toʻliq sotib olish huquqiga ega edilar, biroq klub rahbariyati bu imkoniyatdan foydalanmaslikni lozim topdi. Endilikda xavbek Turinga qaytadi.

Ortda qolgan mavsumda Duglas Luis barcha turnirlar doirasida 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda «Yuventus» Italiya A Seriyasida 6-oʻrinni band etgan boʻlsa, «Aston Villa» Angliya Premyer-ligasini 4-pogʻonada yakunladi va UEFA Yevropa ligasi gʻolibiga aylandi.

Maʼlumot uchun, Luis faoliyati davomida «Nottingem Forest» va «Jirona» kabi jamoalarda ham toʻp surgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting