«Aston Villa» Abraham bilan kelishib oldi
U joriy mavsumda 26 ta o‘yinda 13 ta gol urib, 3 ta assist muallifi bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
"Beşiktaş" safida ijarada harakat qilayotgan "Roma" hujumchisi Temmi Abraham Angliyaga qaytishi kutilmoqda.
Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, "Aston Villa" 28 yoshli ingliz futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, "Beşiktaş" Temmini yozda 13 million yevro evaziga majburiy sotib olish bandi bilan ijaraga olgan edi. "Villa" endi turk klubi bilan bu borada kelishishi kerak.
Abraham hozirda Transfermarkt portalida 14 million yevroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 26 ta o‘yinda 13 ta gol urib, 3 ta assist muallifi bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist