«Aston Martin» kompaniyasi 2026 yilgi Formula 1 avtomobilini taqdim etish sanasini e‘lon qildi
Qayd etilishicha, ushbu bolidni Fernando Alonso boshqaradi.
FOTO: Getty Images
Britaniyaning Formula-1 jamoasi «Aston Martin» o‘zining yangi AMR26 bolidi taqdimoti sanasini e’lon qildi.
Jamoa matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mashina 2026 yilgi mavsum uchun ishlab chiqilgan va uning taqdimoti 2026 yil 9 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

AMR26 ustida mashhur britaniyalik konstruktor, 66 yoshli Edrian Nyui ishlagan. U 2026 yilgi mavsumdan boshlab jamoaga rahbarlik qiladi va texnik hamkor — bosh muhandis sifatidagi lavozimini ham saqlab qoladi.
Kelasi mavsumda AMR26’ni 44 yoshli ispaniyalik poygachi, ikki karra Formula-1 chempioni Fernando Alonso hamda jamoa egasi Lourens Strollning o‘g‘li, 27 yoshli kanadalik Lense Stroll boshqaradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist