locale OZ

Asror Aliqulov «Xorazm»da ish boshladi

48 yoshli tajribali mutaxassis «Xorazm» klubida mavsum yakuniga qadar Vali Sultonovga yordam beradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asror Aliqulov «Xorazm»da ish boshladi
photo: Xorazm fk

Asror Aliqulov «Xorazm»da ish boshladi

48 yoshli tajribali mutaxassis «Xorazm» klubida mavsum yakuniga qadar Vali Sultonovga yordam beradi.

«Sho‘rtan»ning sobiq ustozi Asror Aliqulov «Xorazm»da ish boshladi. Endilikda u yordamchi murabbiy sifatida Vali Sultonovga yordam beradi.

Tajribali mutaxassis mavsum yakuniga qadar urganchalik murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi va jamoani ligada olib qolishga harakat qiladi.

Bunga qadar Aliqulov «Qizilqum», «Sho‘rtan», «Mash’al» jamoalariga ham ustozlik qilgandi. Bu mavsumni g‘uzorliklar bilan boshlagan. Ammo qoniqarsiz natijalar fonida lavozimini tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Xorazm» klubini hozirda Vali Sultonov boshqaryapti. U avvalroq iste’foga chiqarilgan Sergey Tokov o‘rnida ish boshladi. Klub Superliga turnir jadvalida 21 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting