locale OZ

Asror Aliqulov: “Ruhan yutqazdik”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asror Aliqulov: “Ruhan yutqazdik”
PHOTO: Telegram

Superliganing qoldirilgan 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Mash’al" (5:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Qoldirilgan o‘yin bo‘lsa ham bu aslida mavsum starti edi. Muxlislardan bugungi natija uchun uzr so‘raymiz. Kamchiliklarimiz ko‘rinib qoldi. Ko‘p jihatlar bo‘yicha "Paxtakor"ga yutqazdik. "Paxtakor"dan hayiqib maydonga tushish ruhiyat bilan bog‘liq. Birinchi o‘yinimizda ham hayajon sezilgandi. Bugun avvalgi o‘yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik. Ayrim futbolchilarga tajriba etishmadi. Salifuda jismoniy tomonlama muammolar bor. Bugun mezbonlarning tezkor futbolchilarini yopishda ulgurmay qoldi. SHuningdek, unda jarohat ham bor edi. Bugungi o‘yinni ko‘rib chiqib, xulosalar qilamiz. Keyingi o‘yin "Andijon" bilan, ularga to‘liq qarshilik ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bugun ko‘p futbolchilarimizda o‘yinga ruhan tayyor emasligi ko‘rinib qoldi",-deydi "SHo‘rtan" bosh murabbiyi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting