Asiljon Begimqulov — \"Metallurg\" futbolchisi!
Yangi mavsumga puxta reja asosida tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish ishlarini ham unutmayapti.
Jumladan, himoya chizig‘iga Asiljon Begimqulov taklif etildi. O‘tgan mavsumni Tojikistonning "Xojand" klubida o‘tkazgan tajribali himoyachi O‘zbekistonga qaytdi va yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.
Tajribali futbolchi O‘zbekiston Superligasida 123 ta, PRO-Ligada 35 ta bahsda maydonga tushgan. O‘tgan mavsum Tojikiston oliy ligasida 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi hamda hisobiga 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Asiljon professional faoliyati davomida "Jizzax U-21", "So‘g‘diyona", "Mash`al", "Xo‘jand", "Buxoro", "Xorazm" va "Yangiyer" jamoalari sharafini himoya qilgan.
"Asiljon Begimqulov yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.
Asiljon Begimqulov
Tug‘ilgan sanasi: 19.08.1991
Tug‘ilgan joyi: Jizzax viloyati
Bo‘yi: 1.80
Ampluasi: Himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Jizzax U-21", "So‘g‘diyona", "Mash`al", "Xo‘jand", "Buxoro", "Xorazm", "Yangiyer".