Asilbek Jumayev Yevropaga yo‘l olishi mumkin
“Surxon” jamoasining yosh yarim himoyachisiga Portugaliya va Belgiya klublari qiziqish bildirmoqda
Rasm: Gazeta.uz
Yana bir o‘zbekistonlik yosh futbolchi — Asilbek Jumayev Yevropaga yo‘l olishi mumkin. “Surxon” jamoasida to‘p surayotgan 20 yoshli hujumkor yarim himoyachiga Portugaliya va Belgiya klublarining bir nechtasi qiziqish bildirayotganini ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer qishki oynada amalga oshishi mumkin. Ayni paytda skautlar futbolchining o‘yinlarini yaqindan kuzatishmoqda.
Jumayevning transfer bahosi taxminan 300 ming yevroga baholanmoqda. Uning “Surxon” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Bakradze Iman
Redaktor