locale OZ

Ashraf Hakimiy zoʻrlashda ayblanmoqda — uni 15 yil qamoq kutmoqda

“PSJ” va Marokash terma jamoasi himoyachisining ishi sudda koʻrib chiqiladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ashraf Hakimiy zoʻrlashda ayblanmoqda — uni 15 yil qamoq kutmoqda
Rasm: gettyimages.com

Parijning “PSJ” klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimiy jiddiy ayblovlarga duch keldi. Fransiyaning Le Parisien nashri yozishicha, futbolchi zoʻrlashda ayblanmoqda va agar aybi isbotlansa, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Tergov ishi 2023 yil mart oyida Nanter prokuraturasi tomonidan boshlangan. 24 yoshli jabrlanuvchi qizning soʻzlariga koʻra, u Hakimiy bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan va futbolchining taklifiga koʻra uning uyiga borgan. Biroq u yerda vaziyat keskin oʻzgargan — qiz bir necha marta qarshilik bildirgan va uydan chiqishga uringanini aytadi. Shunga qaramay, Hakimiy unga tegajogʻlik qilgan va zoʻrlash sodir etilgani iddao qilinmoqda.

Agar ayb isbotlansa, qonunga koʻra futbolchi 15 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin. Hozirda ish sudya koʻrib chiqishi bilan davom etmoqda, har ikki tomonni bayonoti va dalillar oʻrganilmoqda.

Ashraf Hakimiy dunyo futbolidagi yorqin yulduzlardan biri boʻlib, “PSJ”da asosiy oʻringa ega. Uning advokatlari qoʻyilgan ayblovlarni rad etib, mijozining begunohligini isbotlash uchun harakat qilmoqda.

Bu voqea Fransiya va xalqaro sport jamoatchiligi eʼtiborini tortgan. Oxirgi qarorni sud chiqaradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting