locale OZ

Ashraf Hakimi Senegalning Marokashga qarshi oʻyinini bekor qilinish qarorini qoʻllab-quvvatladi

Avvalroq CAF Senegalga texnik magʻlubiyat yozgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ashraf Hakimi Senegalning Marokashga qarshi oʻyinini bekor qilinish qarorini qoʻllab-quvvatladi
FOTO: Getty Images

«PSJ» va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi Afrika futbol konfederatsiyasining (CAF) Afrika Millatlar Kubogi finalida Senegalga texnik mag‘lubiyat (0:3) yozish haqidagi qarori yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Sochiqlar bilan bog‘liq vaziyatda (Marokashlik bolboylar Senegal darvozaboni Eduar Mendining sochiqini olib qo‘yishga urinishgan) ko‘rsatgan obrazimizdan faxrlanmayman. Shunga qaramay, jamoamiz turnirda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz raqibni va musobaqani hurmat qildik.

Sport arbitraj sudi (CAS) qarori futbol va Afrika manfaatlari yo‘lida qabul qilinishiga umid qilamiz. G‘alaba qozonishimizga ishonaman, chunki biz bunga loyiqmiz va maydonni bu tarzda [Senegal kabi] tark etib bo‘lmaydi», — deya Hakimining so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Ma’lumot o‘rnida, CAF Marokashning apellyatsiyasini qanoatlantirib, 90+8-daqiqada Braim Diasga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltidan so‘ng maydonni tark etgan Senegalga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yozgan edi. O‘sha bahs 13 daqiqalik tanaffusdan so‘ng davom ettirilgan va qo‘shimcha vaqtlarda senegalliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Hozirda Senegal ushbu qaror ustidan CAS’ga shikoyat qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting