locale OZ

Ashraf Hakimi Chempionlar Ligasi tarixida yangi rekord oʻrnatdi

«PSJ» «Chelsi»ni magʻlub etib, chorak finalga yoʻllanma oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ashraf Hakimi Chempionlar Ligasi tarixida yangi rekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Ashraf Hakimi Chempionlar Ligasi tarixida yangi rekord o‘rnatdi. Squawka nashrining xabar berishicha, u turnir tarixida ikki xil mavsumda 5 ta va undan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan ilk himoyachiga aylandi.

Marokashlik futbolchi ushbu natijaga «Chelsi»ga qarshi kechgan javob uchrashuvining 15-daqiqasida Bredli Barkolyaga golli pas berish orqali erishdi. O‘sha vaziyatda parijliklar hisobda 2:0 koʻrinishida oldinga chiqib olishgan edi. Yakunda «PSJ» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 5 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining Fransiya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Hakimining ayni damdagi bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (8:2) chorak finalga yo‘llanma oldi va o‘z unvonini himoya qilishda davom etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting