locale OZ

Asensio Ispaniyaga qaytishi mumkin

Uning “Fenerbahche” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asensio Ispaniyaga qaytishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Fenerbahche” futbolchisi Marko Asensio Ispaniyaga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli futbolchiga “Sevilya”, “Vilyarreal” va “Atletiko” qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Real Sosedad” va “Betis” ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

Biroq turkiyaliklar rahbariyati futbolchini sotishni rejalashtirmayapti. Asensio faoliyati boshida “Mallorka”da o'ynagan, eng yorqin yillarini esa “Real”da (2015–2023) o'tkazgan.

Ma'lumot uchun, Chempionlar Ligasining 4 karra g'olibi bo'lgan futbolchining “Fenerbahche” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting