Asensio «Aston Villa»ga qaytishi mumkin
Photo: Getty Images
“PSJ” vingeri Marko Asensio "Aston Villa"ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko'ra, birmingemliklar ispan 29 yoshli futbolchi uchun “PSJ”ga dastlabki taklifni taqdim etishga tayyor.
Angliya klubi Asensioga uch yillik shartnoma taklif qilgan. Klub ustozi Unai Emeri Markoni o'z jamoasida ko'rishni istamoqda.
Asensio shu yil fevral oyidan iyun oyigacha "Aston Villa"da ijara asosida to'p tepgan. Bu klub safida u barcha musobaqalarda 21 o'yinda maydonga tushib, 8 gol urgan va 1 assist muallifiga aylangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist