Asadbek Jo‘raboyev: «Nasaf»ga qarshi o‘yinlar azal-azaldan keskin kurashlarga boy bo‘lgan»
O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochlar”ning 21 yoshli mahoratli hujumchisi Asadbek Jo‘raboyev bo‘ladigan bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bo‘layotgan raqibimiz – “Nasaf” amaldagi mamlakat chempioni va joriy mavsumda ham o‘z unvonini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Shuningdek, “Navbahor”ning “ajdarlar”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlari azal-azaldan keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan. Shu bois, bu galgi bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.
O‘tgan o‘yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shu sababli, bo‘layotgan uchrashuvda ishqibozlarga quvonch ulashish, g‘alaba qozonish maqsadida maydonga tushamiz va bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
Muxlislardan esa jamoamizni yolg‘izlatib qo‘ymasliklarini, stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz esa qo‘ldan kelganicha, ularning ishonchini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlarini ta’minlashga harakat qilamiz," — dedi Asadbek Jo‘raboyev.