locale OZ

AS: Mourinyu rejasiga kirmagan olti futbolchi yozda \"Real\"ni tark etishi mumkin

"Real" ushbu futbolchilarning transferidan tushadigan mablag' evaziga yangi xaridlarni moliyalashtirishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AS: Mourinyu rejasiga kirmagan olti futbolchi yozda "Real"ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

Ispaniyaning AS nashri "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa tarkibini qisqartirishni rejalashtirayotgani va olti nafar futbolchi yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkinligini ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, ushbu ro'yxatdan Eduardo Kamavinga, Franko Mastantuono, Brahim Dias, Fran Garsiya, Gonsalo Garsiya va Raul Asensio o'rin olgan. Murabbiy ularni yangi loyiha uchun asosiy tarkib futbolchilari sifatida ko'rmayapti.

Qayd etilishicha, "Real" ushbu futbolchilarning transferidan tushadigan mablag' evaziga yangi xaridlarni moliyalashtirishni rejalashtirmoqda. Klub yaqin haftalarda ular bo'yicha kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting