locale OZ

Artyom Potapov, Nodirxon Ne'matxonov va Shohmalik Komilov «Andijon»ning yangi futbolchilari!

Artyom Potapov - 1994 yilning 28 iyun kuni Rossiyaning Orenburg shahrida tavallud topgan.
Artyom Potapov, Nodirxon Ne'matxonov va Shohmalik Komilov «Andijon»ning yangi futbolchilari!
photo: Andijon fk

Artyom Potapov, Nodirxon Ne'matxonov va Shohmalik Komilov “Andijon”ning yangi futbolchilari!

"Yozgi seleksiyada tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida transfer oynasi ochilganidan unumli foydalangan jamoamiz uch nafar futbolchilar bilan rasman kelishuvga erishdi. Bular – darvozabon Artyom Potapov, himoyachi Nodirxon Ne'matxonov va yarim himoyachi Shohmalik Komilov.

Artyom Potapov - 1994 yilning 28 iyun kuni Rossiyaning Orenburg shahrida tavallud topgan. Ampluasi darvozabon. Faoliyati davomida Rossiyaning “Akron”, “Krasnodar 2”, “UFA 2”, “Mordoviya”, “Krilya Sovetov”, “SKA Xabarovsk”, Xorvatiyaning “Luko”, Belarusning “Torpedo Minks”, “Minsk”, Qozog'istonning “Qaysar”, Armanistonning “Alashkert” va “Ararat” klublari sharafini himoya qilgan. U 2023 yilda yurtimizga kelgan va hozirga qadar “Surxon” bilan “Xorazm”da faoliyat olib borgan. Joriy mavsumning dastlabki qismida Artyom termizliklar safida 2 ta o'yin maydonga tushgan. Faoliyati davomida esa 231 ta o'yin o'tkazgan.

Nodirxon Ne'matxonov – 2001 yilning 14 iyun sanasida Toshkentda tavallud topgan. Ampluasi himoyachi. “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi. Bunga qadar u “Paxtakor” U21, OKMK U21, “Sho'rtan”, “Neftchi” va “Surxon” jamoalarida to'p tepgan. Ne'matxonov mavsumning dastlabki qismida termizliklar tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Faoliyati davomida 80 ta o'yinda ishtirok etgan.

Shohmalik Komilov – 2000 yilning 14 mart kuni Qashqadaryoda tavallud topgan. Ampluasi – yarim himoyachi. Shu kunga qadar “Nasaf”, “Dinamo”, “Turon”, “Buxoro”, “Merani Martvili” (Gruziya) va “Navbahor” klublarida faoliyat olib borgan. Joriy yilgi mavsumning dastlabki qismida namanganliklar safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol muallifi va 1 ta assist qayd etdi. Faoliyati mobaynida 134 ta o'yinda qatnashgan, 17 ta gol urgan.

Ishonamizki, ushbu futbolchilar jamoamizning yangi g'alabalariga munosib hissa qo'shgan holda muxlislarning ishonchni oqlaydi.

Jamoamizning ahil oilasiga xush kelibsizlar!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting